Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tez tibbiy yordam bo`limi shoxobchasi shifokori M.X. “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi turar joyga tungi soat 23:30 da etib borganida uydan chiqib kelgan D.O. bemorni ko`rsatish o`rniga shifokorga tashlangan. “Nega xabar tushgandan so`ng o`z vaqtida kelmaysan”, deya unga tan jarohatlari etkazgan. Bu haqda “Rostda” muxbiri xabar berdi.
Jabrlanuvchiga yopiq kraniofasial travma, bosh miya lat eyishi, burun suyagi yopiq sinishi, burun sohasi urilib yirtilgan jarohati, bosh-ensa tepa, peshona sohalarining yumshoq to`qimalari lat eyishi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Holat bo`yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atildi.






