Samarqand shahrida bir qancha ko`chalar ta`mirlash ishlari – elektr kabellari, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini o`tkazish ishlari olib borilayotgani uchun yopilgan. Bu holat ko`hna shaharning boshqa ko`chalarida tirbandliklarni yuzaga keltirayapti. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB ma`lum qildi.
Samarqand shahrining o`ndan ortiq ko`chasida ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi yoki qarama-qarshi harakat tashkil etilishi mumkin.
Ta`mirlash ishlari olib borilayotgan ko`chalar:
🔹 Panjakent ko`chasining Sadriddin Ayniy ko`chasidan Islom Karimov xiyobonigacha bo`lgan qismida;
🔹 Dahbed ko`chasining Ibn Sino ko`chasidan Siyob kanali ko`prigigacha bo`lgan qismigacha;
🔹 Ro`dakiy ko`chasining Gagarin ko`chasidan Dahbed ko`chasigacha bo`lgan qismida;
🔹 Shohi Zinda ko`chasining Dahbed ko`chasidan Imom Al-Buxoriy ko`chasigacha bo`lgan qismida;
🔹 Shoxi Zinda ko`chasining Usta Umar Jo`raqulov ko`chasidan Ulug`bek observatoriyasigacha bo`lgan qismida;
🔹 Abdurahmon Jomiy ko`chasining Universitet xiyobonidan Mirzo Ulug`bek ko`chasigacha bo`lgan qismida;
🔹 Sadriddin Ayniy ko`chasining Usta Umar Jo`raqulov ko`chasidan Panjakent ko`chasigacha bo`lgan qismida;
🔹 Zarafshon shoh ko`chasining Usta Umar Jo`raqulov ko`chasidan M-37 avtomobil yo`ligacha bo`lgan qismida;
🔹 M-37 xalqaro avtomobil yo`lining 0-3 kilometrlarida;
🔹 M-37 xalqaro avtomobil yo`lining 33-42 kilometrlarida;
🔹 M-39 xalqaro avtomobil yo`lining 1081-1085 kilometrlarida.






