1

Toshkentda qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi "tanidim sizni" deb, jarima yozmadi. Holat tekshirilmoqda (video)

Jamiyat 10.03.2021, 10:00
Toshkentda qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi "tanidim sizni" deb, jarima yozmadi. Holat tekshirilmoqda (video)

Joriy yilning 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqda "Qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi jarima tuzmadi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.


Video lavhada YPX xodimi F.Sayxamatov tomonidan haydovchi O.Mashrapov boshqaruvidagi avtomobil to`xtatilgani, xodim haydovchiga qoidabuzarlik sodir etganligini aytgani, lekin, haydovchiga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo`lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida holatga oydinlik kiritilib, xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1