1

Jizzaxda daraxt kesgan fuqarodan 2 million so`m pora olayotgan ekologiya xodimlari ushlandi

Jamiyat 10.03.2021, 10:36
Jizzaxda daraxt kesgan fuqarodan 2 million so`m pora olayotgan ekologiya xodimlari ushlandi

Farg`ona viloyati Dang`ara tumani Tumor qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi A.A. Jizzax viloyati Zarbdor tumani ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, undan pora talab qilishayotganligini bildirgan. 

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hammasi A.A.ning Zarbdor tumanidagi Toshkesgan qishloq fuqarolar yig`ini hududidan bir nechta daraxtlarni kesishidan boshlandi. Bundan xabar topgan tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi xodimlari S.T. va M.O. qonunbuzarga chora ko`rmaslik evaziga 2 million so`m pora so`rashgan.

A.A.ning arizasi asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etildi. Natijada 1 million so`m pora olgan S.T. ushlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1