2020 yilning 13 mart (soat 11:00 dan 17:00 gacha) va 14 mart (soat 10:00 dan 15:00 gacha) kunlari O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi hamda Koreyadagi o`zbekistonliklar uyushmasi tomonidan fuqarolar sayyor qabuli o`tkaziladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
Fuqarolarning sayyor qabuli Koreyaning Tegu shahridagi "Samarqand" restoranida bo`lib o`tadi.
Ofis manzili: 광주 광역시 광산구 산정동 914-16.
Murojaat uchun 010-8495-0027 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.






