AsosiyJamiyat

12 mart kuni O`zbekiston va Germaniya etakchilarining sammiti bo`lib o`tadi

'12 mart kuni O`zbekiston va Germaniya etakchilarining sammiti bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadilar. Bu haqda Prezideni Matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, ikki mamlakat etakchilari O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko`rib chiqishlari ko`zda tutilgan.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo`ldi, o`sha yilning may oyida esa Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer javob tashrifi bilan O`zbekistonga keldi.

Germaniya O`zbekistonning muhim iqtisodiy, investisiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.

O`tgan yil yakunlariga ko`ra o`zaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investisiyalari o`zlashtirilgan. O`zbekistonda 200 ga yaqin qo`shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Boshqa yangiliklar