AsosiyJamiyat

Sovuq havo mevali daraxtlarga qanchalik zarar etkazdi?

'Sovuq havo mevali daraxtlarga qanchalik zarar etkazdi?'ning rasmi

Navoiy viloyatida 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug`doy va beda nihollari zararlangan deya xabar bermoqda «O`zgidromet».

Ma`lumotlarga ko`ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o`tkazilgan.  

24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug`doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:

o`rik daraxti gullari — 75-80  foizgacha;

olma daraxti kurtaklari 50-60 foizgacha;

olxo`ri va olcha kurtaklari 15 foizgacha;

tut daraxti kurtaklari 20 foizgacha;

beda poyalarida 30 foizgacha zararlanish kuzatilgan.

Ta`kidlanishicha, tok daraxtida zararlanish kuzatilmagan.        

    Boshqa yangiliklar