Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Erdo`g`an "Akkuyu" AESining uchinchi energiya blokini qurishni boshladi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
"Bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, energetika sohasidagi o`zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi, ko`p qirrali Rossiya-Turkiya sherikligini yanada rivojlantirishga yordam beradi", dedi Putin.
Turkiya respublikasi rahbari atom elektr stansiyasining to`rtinchi energiya blokini qurish kelasi yili, 2022 yilda boshlanishini ta`kidladi.






