1

O`zbekistonda 13 mart kuni umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi

Jamiyat 11.03.2021, 11:32
O`zbekistonda 13 mart kuni umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi

Hukumatning tegishli farmoyishiga (96-F, 10.03.2021y) binoan, “Navro`z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko`rish, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish maqsadida 2021 yil 13 mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va ko`rkam mahallam” obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o`tkazish belgilandi.

Umumxalq xayriya hasharini o`tkazish bo`yicha Bosh vazirning birinchi o`rinbosari O.Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Xayriya hasharini o`tkazishda quyidagilarga e`tibor qaratish alohida qayd etildi:

- mahallalar, aholi punktlari, ko`p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;

- “Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko`chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;

- umumxalq hashari doirasida bo`lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta`mirlash va qishloq xo`jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat`iy yo`l qo`yilmagan holda obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish, ish o`rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish;

- avtomobil yo`llari, harakatlanish tig`iz bo`lgan ko`chalar, suv ob`ektlari, qirg`oqbo`yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog`lig`iga xavf tug`ilishi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o`tkazish taqiqlanganligini qatiy nazoratga olish;  

- ushbu targ`ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko`zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo`l qo`ymaslik, shunday holatlarga yo`l qo`ygan mutasaddilarga jazo choralarini qo`llash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1