AsosiyJamiyat

33 114 ta kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi

'33 114 ta kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi'ning rasmi

 33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida beriladi. Bu haqda Nuquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 Farmonga ko`ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashning yangi tartibi doirasida ko`p kvartirali uy-joylar quriladi.

 Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:  

➖ respublika bo`yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;  

➖ qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko`p qavatli arzon uy-joylar;

➖ fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko`p qavatli uy-joylar quriladi.

 Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko`p miqdori tasdiqlandi.  

 Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida joriy etilgan edi).

 Bunda:

 kreditlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;

 kreditlar ipoteka kreditining eng ko`p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo`lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo`shgan holda) muddatga ajratiladi;

daromadi yuqori bo`lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo`yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi;

 subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar