Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent – Ufa – Toshkent xalqaro yo`nalishdagi poezd vagoni kuzatuvchisining noroziliklari aks etgan o`tgan yilgi video tarqala boshladi. Holat yuzasidan "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ ma`lumot berdi.
Dastlab, koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan Covid-19 va ushbu kasallik pandemiyasi e`lon qilinganligi sababli, dunyoning ko`plab mamlakatlarida bo`lgani kabi, infeksiya tarqalishni oldini olish maqsadida, 2020 yil 16 martdan boshlab yo`lovchi poezdlarining harakati barcha yo`nalishlarda to`xtatildi. Bugungi kunda yo`lovchilarni tashish faqat mamalakatimiz ichida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar xalqaro yo`nalishdagi yo`lovchi poezdlarining qatnovi qayta tiklangani yo`q. Buning uchun xalqaro yo`nalishlarda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning ma`lum davlatlararo kelishuvlari bo`lishi zarur. Pandemiya paytida belgilangan tartibda faqat maxsus yo`lovchi poezdlar qatnovlari amalga oshirilgan bo`lib, ularda Rossiya Federasiyasida qolib ketgan vatandoshlarimiz Ona yurtiga qaytarilgan.
O`tgan yilning 5 mart kuni, Toshkent – Ufa – Toshkent yo`nalishida ishlagan Yoqub Sattorov ismli vagon kuzatuvchisi reysga chiqarilayotgan vagonning holatini tasvirlovchi va turli noroziliklar bildirilgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ rahbariyati tomonidan ushbu holat bo`yicha o`rganishlar olib borilgan, vagon kuzatuvchisi bilan suhbat o`tkazilgan va hulosa natijasiga ko`ra barcha kamchiliklar bartaraf e`tilgan.
Shuni ta`kidlash kerakki, barcha yo`lovchi poezdlari reysdan keyin ham, undan oldin ham maxsus tekshiruvlardan o`tkaziladi. Vagonning texnik va estetik holati hamda vagon inventarizasiyasi tekshiriladi, kamchiliklar aniqlanadi. Belgilangan tartibga ko`ra yo`lovchi poezdlarining vagon kuzatuvchilari reysga chiqishdan oldin, ya`ni jo`nab ketishdan oldin, biriktirilgan vagonni qabul qilishadi va kamchiliklar aniqlanmaganligi bo`yicha vagon qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga imzo qo`yiladi. Bundan tashqari, yo`lovchi poezdlarni jo`nab ketishga tayyorlashda Markaziy sanitariya-epidemiologiya markazi tomonidan qat`iy nazorat amalga oshirilib, har bir vagon va uning jihozlari dezinfeksiya qilinadi. Belgilangan tartibda tekshiruvdan o`tkazilgandan so`ng maxsus ruxsatnoma beriladi va poezdlar qatnoviga ruhsat beriladi
Xalqaro yo`nalishlarda poezdlar qatnamayotganligi sababli, videoning muallifi Yoqub Sattorov hozirda "O`ztemiryo`lyo`lovchi AJning Vagonlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash filialida ishlab kelmoqda.






