AsosiyJamiyat

Namanganning "Rim"idagi hayosizlik: mentalitetga zid bo`lgan reklama yuzasidan izoh berildi

'Namanganning "Rim"idagi hayosizlik: mentalitetga zid bo`lgan reklama yuzasidan izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda shunday maskan bor ekanu biz bilmay yurgan ekanmiz" sarlavhasi ostidagi xabarning tarqalishiga nima sabab bo`ldi? Rasmiylar holat yuzasidan izoh berdi.  

Ma`lum qilinishicha, Namangandagi Rim nomli tungi klubning Facebook'dagi sahifasiga behayo tasvirlar asosida yaratilgan reklama joylashtirilgan. Bu xabar esa reklamadagi o`zbek milliy mentalitetiga yot bo`lgan axloqsizlikni targ`ib qilishga qaratilganini tanqid ostiga olgan. Peklama ijtimoiy tarmoqning ko`plab foydalanuvchilari o`rtasida muhokamalar va noroziliklarni keltirib chiqargan. Shu sababdan Namangan viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari tezkor surishtiruv o`tkazgan.  

Aniqlanishicha, 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan reklamada 13 mart kuni bo`lib o`tadigan shou to`g`risida ma`lumot berilgan. Restoran ma`murlarining xabar qilishicha, reklama omma e`tiborini jalb qilish uchun suratga olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Restoranning ish yurituvchisi bo`lgan 25 yoshli yigitning so`zlariga ko`ra, ushbu rolik faqatgina reklama uchun tasvirga olingan:

Video tasvirchilarni chaqirgan edim. Bu tasvirlar ularning g`oyasi asosida suratga olingan. Bu qadar shov-shuvga va noroziliklarga sabab bo`lishini kutmagan edik. Kelgusida bu kabi xatolarga yo`l qo`ymaslikka harakat qilamiz.

    Boshqa yangiliklar