Joriy yil 22 fevralidan boshlab Ichki ishlar tizimida “Zarbdor oylik” o`tkazilmoqda. Ta`kidlash kerakki, oylik doirasida bir qancha targ`ibot loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, ayni kunda 251 nafar shaxs Bulung`ur tumani IIB Probasiya guruxi hisobida turadi. Yil boshidan buyon 36 nafar, oylik doirasida 6 nafar shaxs shartli ravishda jazoni ijro etishdan ozod qilingan bo`lsa, 1 nafar shaxsning jazosi og`irlashtirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, bugun Bulung`ur tumani IIB Probasiya guruxi hisobida ozodlikni cheklash jazosini o`tayotgan nazorat ostidagi shaxs M.G`. jazoning o`talmay qolgan muddati davomida sud hukmi bilan belgilangan cheklashlarini buzganligi sababli, sud hukmiga binoan ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirildi.
Eslatib o`tish lozimki, zarbdor oylik davom etmoqda. Ammo, har bir fuqaro ham faqat oylik doirasida emas, doimiy ravishda belgilangan huquq va normalarga rioya etishlari maqsadga muvofiq bo`lardi.






