Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 mart holatiga respublikamizda jami 41 929 ta qurilish korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 4 712 taga ko`p. 2021 yil yanvar-fevral oyida 1 251 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
- Toshkent shahri – 8 191 ta
- Toshkent viloyati – 3 641 ta
- Qashqadaryo viloyati – 3 383 ta
- Farg`ona viloyati – 3 303 ta
- Andijon viloyati – 3 163 ta
- Samarqand viloyati – 3 150 ta
- Buxoro viloyati – 2 795 ta
- Surxondaryo viloyati – 2 550 ta
- Qoraqalpog`iston R. – 2 329 ta
- Namangan viloyati – 2 322 ta
- Jizzax viloyati – 2 058 ta
- Xorazm viloyati – 1 939 ta
- Navoiy viloyati – 1 595 ta
- Sirdaryo viloyati – 1 510 ta






