AsosiyJamiyat

Har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti bo`limlari tashkil etiladi

'Har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti bo`limlari tashkil etiladi'ning rasmi

“Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5024-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga ko`ra:

Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg`ona viloyatlari va Toshkent shahrida ot sportini rivojlantirish, naslli va zotdor otlarni ko`paytirish maqsadida ko`p tarmoqli sport majmualari davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi;

Qashqadaryo viloyati respublikada ot sportini rivojlantirish bo`yicha etakchi hudud sifatida belgilandi;

  •  ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida noyob zotdor sport otlarini ko`paytirish uchun Davlat byudjetidan uch yil davomida 5 milliard so`mgacha mablag` ajratiladi;
  •  har bir olimpiya zaxiralari kollejida 2021–2025 yillar davomida ot sporti bo`limlari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg`ulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini kiritish qarorning asosiy yo`nalishlaridan biri etib belgilandi.  

Qarorga ko`ra, davlat-xususiy sheriklik asosida, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan Naslli, sport va tozaqonli otlarni etishtirish va ko`paytirish bo`yicha innovasion seleksiya-genetika markazi tashkil etiladi.  

2021 yil 1 apreldan “zootexnik”, “veterinar-shifokor”, “feldsher-veterinar”, “usta-chavondoz”, “ot parvarishlovchi”, “taqachi” mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar to`lanadi.

️ 2025 yil 1 yanvargacha:

  •  O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi hamda uning a`zolari mol-mulk, er solig`i va qishloq xo`jaligi erlari uchun er solig`idan;
  •  ippodromlar, ot sporti klublari va sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo`shimchalar, vitaminlar, uskunalar va materiallar tegishli ro`yxatga muvofiq bojxona to`lovlaridan (qo`shilgan qiymat solig`i va bojxona yig`imidan tashqari) ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar