AsosiyJamiyat

Senat raisi: «Hududlardagi muammolar hal etilmas ekan, odamlarning noroziligi ko`payib boraveradi»

'Senat raisi: «Hududlardagi muammolar hal etilmas ekan, odamlarning noroziligi ko`payib boraveradi»'ning rasmi

Senatning o`n uchinchi yalpi majlisidan:

«Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalardan. Biroq bu masalaga hamma ham mas`uliyat bilan yondashmayapti. Prezidentimizning yaqinda Farg`ona va Namangan viloyatlariga tashriflari davomida hududlarda to`planib qolgan muammolarni, mahallalardagi holatni hammamiz ko`rdik. Aholi o`z noroziligini yashirmayapti. Tashriflar davomida markaziy va hududiy ijro organlar faoliyatiga baho ham berilmoqda. Muammolarni hal qilish bo`yicha aniq vazifalar ham belgilanib, hokimlar o`sha joylarga ko`chib o`tib muammolarni hal etyapti.

Lekin savol tug`iladi. Hududlardagi bunday muammolarni nahotki joylardagi xalq vakillari — deputatlar, senatorlar ko`rmagan. Axir ular ham shu hududda yashaydiku. Odamlar ularga ishonch bildirib qo`yganku. Qonun vakolat, davlat minbar berib qo`yibdi. Qani jonkuyarlik, qani faollik. Toki hududlardagi muammolar hal etilmas ekan, odamlarning noroziligi ko`payib boraveradi», – deydi Tanzila Norboeva.

 

    Boshqa yangiliklar