Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqda qo`plab bahs va munozaralarga sabab bo`layotgan, transport vositalarining harakatlanish tezligini nazorat qilish bilan shug`ullanayotgan deya izoh keltirilgan davlat raqam belgilari 01 523 RHA hamda 01 114 MGA bo`lgan 2 ta "Damas" rusumli avtomobillar aks etgan videoga IIV YHXBB Axborot xizmati izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan video lavhada asoslanmagan ma`lumotlar keltirilgan.
" Barchaga ma`lumki, Toshkent shahridagi mavjud ko`priklarning ustki qismida "LED" monitorlar o`rnatish ishlari olib borilmoqda. Videolavhada ko`rsatilgan "Damas" rusumli avtomobillar mazkur hududdagi ko`prik ustki qismida yangi o`rnatilgan "LED" monitorlarni boshqarish tizimini vaqtinchalik nazorat qilish va sozlash bilan shug`ullanayotgan vaqtda tasvirga tushirilgan. Yuqorida keltirilganlarni inobatga olib, mazkur videoda keltirilgan izohlar asossiz ekanligini ma`lum qilamiz.
Ushbu avtomobillardan qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida foydalanilmagan", deyiladi munosabatda.






