AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir, ba`zi hududlarda esa qor yog`adi

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir, ba`zi hududlarda esa qor yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13 mart kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.

XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar