Ma`lumki Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-6118-sonli Farmoni bilan 2021 yil 1 martdan aliment majburiyatlari bajarilishini masofaviy monitoring qilish bo`yicha tizim yaratish ko`zda tutilgan.
Yangi tartibga ko`ra, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlarining bank hisobvarag`i bilan integrasiya qilinadi. Bu haqda MIB xabar bermoqda
Bu jarayon, aliment bo`yicha ijro ishlarining ijrosi va nazorat qilish mexanizmining avtomatlashtirilgan tizimga o`tilishi avvalo 280 mingdan ortiq aliment oluvchi farzandlarininng moddiy ta`minotining ortiqcha sansalorliksiz va tez fursatlarda elektron tarzda olish imkonini beradi.
Bu borada, Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan alimentchi oluvchi fuqarolarimiz uchun qo`laylik yaratish, ortiqcha sarf- xarajatlar va vaqt yo`qotishlarni oldini olish maqsadida, ATB “Aloqabank” orqali Toshkent viloyati bo`yicha aliment oluvchilarning 21.137 nafariga plastik kartochkalari ochib berib ishlarini yakunlandi.
Xozirda, 7.120 nafar aliment oluvchi fuqarolarga ushbu plastik kartochkalar topshirilgan bo`lsa, qolgan fuqarolarimizning tez fursatlarda olishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud va ularning MIB Toshkent viloyati tuman-shaharlari bo`limlariga murojaat qilishlari lozim bo`ladi.
Shunda ekan, qulay fursatni boy bermang !






