AsosiyDunyo

Bahorda barcha xalqaro parvozlar tiklanadimi? Xalqaro havo transporti uyushmasining ma`lum qilishicha...

'Bahorda barcha xalqaro parvozlar tiklanadimi? Xalqaro havo transporti uyushmasining ma`lum qilishicha...'ning rasmi

Bahorda xalqaro parvozlarning tiklanishi boshlanadi. Bu haqda Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) rahbari Aleksandr de Jyunyak ma`lum qildi. Unga ko`ra, Xalqaro aviqatnovlar joriy yilning ikkinchi choragida tiklana boshlashi kutilmoqda.  Takidlashicha, chegaralar ochilganidan so`ng turistlar soni keskin o`sishi mumkin.  

«Biz, ehtimol, shu yilning may yoki iyun oylaridan keyin aviaqatnovlardagi o`zgarishlarni ko`ramiz, — dedi u. Hozirda, uyushma tomonidan Travel Pass mobil ilovasi ishlab chiqildi. Unda yo`lovchining emlanganligi va koronavirus infeksiyasini tekshirish natijalarini ko`rsa bo`ladi.

Uyushmaning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, yanvar oyida dunyoda yo`lovchilarni havo transporti orqali tashish hajmi 2019 yilning shu oyiga nisbatan 72 foizga, xalqaro yuklar tashish hajmi esa 85,6 foizga kamaydi.

    Boshqa yangiliklar