Samarqandda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha o`tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” tadbiri doirasida “Jartepa” chegara bojxona posti va viloyat milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahri hududida noqonuniy tartibda dori vositalari va biologik faol qo`shimchalarning oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi fuqarolarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi ma`lum qildi.
Unda Samarqand shahri, Spitamen shox ko`chasidagi avtoturargohda fuqaro A.B. “Dream TONUS” hamda “ARTEBIO” nomli jami 100 qutida dori vositalarini sotayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.
Shuningdek, fuqaro A.B. o`z ixtiyori bilan avtomobilining bagajidan jami 78 quti dori vositalarini topshirdi. Natijada ushbu holatda jami 18 225 000 so`mlik dori vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






