AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro yo`nalishlarda parvozlar sonini ko`paytirmoqda

'Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro yo`nalishlarda parvozlar sonini ko`paytirmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 13 mart sanasidan boshlab Termiz shahriga amalga oshiriluvchi parvozlar soni ko`paytirildi.  Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Mazkur yo`nalishda reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Mamlkatimizda ichki turizmni rivojlantirish yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida esa aviakompaniya yangi mahalliy yo`nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ymoqda.  

2021 yilning 28 mart sanasidan e`tiboran Samarqand shahridan quyidagi yo`nalishlarda parvozlar amalga oshirilishi boshlanadi:  

HY 049 Samarqand – Urganch 11:50/13:05

HY 050 Urganch – Samarqand 13:55/15:05

HY 087 Samarqand – Farg`ona 15:55/16:55

HY 088 Farg`ona – Samarqand 17:45/18:50

HY 047 Samarqand – Namangan 08:05/09:05

HY 048 Namangan – Samarqand 09:55/11:00            

Shuningdek, joriy yilning 28 mart sanasidan Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishida yangi muntazam qatnov yo`lga qo`yiladi.  

Mazkur yo`nalishda parvoz haftaning yakshanba kunlari bajariladi.

HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50  

HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05

29 martdan boshlab esa Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo`lga qo`yiladi.

Ushbu yo`nalishda haftasiga uch marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshiriladi: 

HY 275 Samarqand – Istanbul 20:05/23:05

HY 276 Istanbul – Samarqand 00:35/06:50                                  

30 martdan esa Gruziya bilan muntazam reyslar qayta tiklanadi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi –Toshkent yo`nalishida qatnovlarni amalga oshiradi.

HY 745 Toshkent – Tbilisi 16:10/18:30 (seshanba kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 19:30/23:30

HY 745 Toshkent – Tbilisi 20:40/23:00 (juma kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 00:30/04:30

Eslatib o`tamiz, "Uzbekistan Airways" AJ kompaniyaning rasmiy veb - sayti www.uzairways.com orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo`lovchilarga barcha tariflar bo`yicha 3 % chegirmalar taqdim etadi.  

Boshqa yangiliklar