AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 4 ta hududidan tashqari barcha joylarida qor yog`ishda davom etadi

'Bugun O`zbekistonning 4 ta hududidan tashqari barcha joylarida qor yog`ishda davom etadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 14 martda kunduz kuni O`zbekistonda qishning ta`siri yana seziladi. Respublika hududlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qor yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Farg`ona vodiysida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqgacha, shimolda 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida qor yog`adi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° iliqdan oshmaydi.

Respublikaning tog`li hududlarida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3-8° sovuq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar