Homiladorlik va tug`ish ta`tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko`ra, unga bolasi ikki yoshga to`lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta`til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to`lanadi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta`tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to`liq yoki uni qismlarga bo`lib foydalanishlari mumkin.
Bolani parvarishlash ta`tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta`tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko`pi bilan 3 yil, shu jumladan mutaxassisligi bo`yicha ish stajiga ham qo`shiladi.






