1

Koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichi oshganligidan fojia yasamaslik kerak – Furqat Sanaev

Salomatlik 14.03.2021, 17:45
Teglar: Furqat Sanaev
Koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichi oshganligidan fojia yasamaslik kerak – Furqat Sanaev

So`nggi ikki sutka ichida koronavirus tarqalishi keskin ko`payganligiga oid xabarlar tarqaldi. O`z shaxslarini oshkor qilmagan manbalar shifoxonalarda joy qolmaganligi, ayniqsa, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalai  to`lib ketganligi, reanimasiya bo`limlarida bemorlar og`ir ahvolda ekanligi to`g`risidagi audioxabarlar yo`llaganlar. Kun.uz nashri SSV Matbuot kotib Furqat Sanaevning bu boradagi fikrlarini e`lon qildi. 

Statistik ma`lumotlarga e`tibor qaratilsa, chindan ham sutkalik aniqlanishlar ko`rsatkichi 30 nafar bemor atrofida bo`lgani holda 12-13 mart kunlariga kelib 80 nafarga yaqinlashgan, birgina Toshkent shahrining o`zida 70 nafar bemor aniqlangan. Ammo vaziyat chindan shu qadar jiddiymi? 

“To`g`ri, qayd etish ko`rsatkichi biroz oshgani rost. Lekin umumiy ahvol vahimali  xabarlarda aytilganidek emas. Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Lekin bir jihatga e`tiboringizni qaratishni istardim, biz hali ham boshqa mamlakatlar qatori koronavirusdan butunlay qutilganimiz yo`q, kasallik manbasi saqlanib qolganligini unutmasligimiz kerak. Ammo so`nggi ikki kunda koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichi oshganligidan fojea yasamaslik kerak. 
Bu ko`rsatkichlarni oshishi ma`lum ma`noda bizni xotirjam bo`lib qolganligimizdan, sanitariya talablariga rioya qilmayotganimizdan, oddiy niqob taqib yurishni unutayotganimizdan bo`lsa, ikkinchidan, bilasiz, kuz va bahorda o`tkir yuqumli respirator infeksiyalar avj olishi bilan bog`liq.
Tarqatilayotgan audio yozuvlarda Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida kasallar ko`payib, bo`sh o`rinlar qolmaganligi aytilgan. Hozirda  4 ming shifo o`ringa ega bo`lgan Zangiotadagi ikkita davolash muassasalarida minglab bo`sh o`rinlar mavjud.Ayni paytda o`rinlarga ehtiyoj yo`qligi uchun Zangiota 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi to`liq yopilgan, “V” blogining ham bitta bo`limi butunlay, ikkinchi bo`limining esa yarmi yopilgan. Demak asossiz xavotirga o`rin yo`q, vahimalarda qo`rqmaslik, ammo shu bilan birga ko`p marta aytilgan  sanitariya va gigiena qoidalarini  unutmaslik kerak”, – dedi Furqat Sanaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1