Bugun, 15-martdan boshlab, respublikadan sovuq nam siklon chekinib, uning o`rnini katta masshtabli antisiklon pereferiyasi egallaydi. Kelayotgan hafta o`rtasiga qadar, keyin esa janubdan iliq havo massalari hamda hafta oxirlarida janubdan nam yomg`irli siklonlar O`zbekistonga kirib kela boshlaydi.
15-17 mart kunlari O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati asta ko`tariladi. Qoraqalpog`iston respublikasi Xorazm, Navoiy Buxoro viloyatlarida (https://obhavo.com/location/1217662) kechalari havo harorati pastroq bo`ladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi.
18-19 mart kunlari respublikaning deyarli hamma hududlarida havo harorati keskin ko`tariladi. Kunduz kunlari voha viloyatlarida +27 darajagacha iliq bo`ladi. Yog`ingarchilik kutilmaydi.
20-21 mart kunlari respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi.