Deputat Rasul Kusherbaev ushbu mavzuda o`z fikrlarini bildirdi.
"Demokratiya yo`lida inson tabiatiga mos bo`lmagan harakatlarni qo`llab quvvatlashdan bo`lak har narsaga chidash mumkin, deb o`ylayman.
Lekin erkak bilan erkakning o`zaro er xotin sifatida turmush kechirib, munosabat qilishlarini hech qachon qabul qilolmayman. Va toki tirik ekanmiz O`zbekistonda bunday bema`ni harakatga qonunan ruxsat berilmasligiga ishonaman.
Ruxsat berilgan kun bizning o`lganimiz bo`ladi.
Bir necha kundan beri ayrim horij OAV va ijtimoiy tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevga "Ilga Europe" nomli bir jinsli juftliklarni qo`llab quvvatlovchi (LGBT) va boshqa bir qator shunday tashkilotlar O`zbekiston qonunchiligidan besoqolbozlik (erkak bilan erkakning jinsiy aloqa qilishi)ni ta`qiqlovchi normani chiqarib tashlash haqida murojaat bilan chiqqani muhokama qilinmoqda.
To`g`risi qaysi bosh bilan(agar bo`lsa albatta) o`ylashayotganini bilmadim-u, biroq mamlakat taraqqiyoti va millat genofondi uchun bu qanday fojia ekanligini taklif berayotgan "bir jinschi" tashkilotlar anglashayotganmikan o`zi. To`g`risi buni tasavvur qilishning o`zi daxshat.
Odamlar uchun foydasi tegadigan, kelajak avlod farovonligi uchun xizmat qiladigan takliflar tiqilib yotganda bularning so`rayotgan narsasi hech bir qolipga sig`maydigan ish.
Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga.
Millat, xalqqa do`st odam, yakuni avlodlarning jismonan yo`q bo`lishi bilan tugaydigan bunday mantiqsiz, aksiltabiiy taklif bilan chiqmaydi. Demak ularning bizga asli kim ekani va maqsadi nima ekanligini tushunib olavering.
Yashasin erkaklar erkakligicha, ayollar ayolligicha qoladigan jamiyat!"