AsosiyJamiyat

Toshkentda aholi tomonidan sanitar-gigiena tartib qoidalariga to`liq rioya etilishini nazoratga olish bo`yicha mas`ullarga topshiriq berildi

'Toshkentda aholi tomonidan sanitar-gigiena tartib qoidalariga to`liq rioya etilishini nazoratga olish bo`yicha mas`ullarga topshiriq berildi'ning rasmi

Bugun poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo`jaev boshchiligida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig`ilishda Toshkent shahar hokimi o`rinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab a`zolari qatnashdilar.

Yig`ilishda so`nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shahrimizning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta`lim maskanlari, shuningdek, aholi ko`p to`planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to`liq rioya qilinishini ta`minlash muhimligi alohida ta`kidlab o`tildi.

Poytaxtimiz hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiena tartib qoidalariga aholi tomonidan to`liq rioya etilishini nazoratga olish bo`yicha mas`ullarga topshiriq va ko`rsatmalar berildi.

Yig`ilish yakunida Shtabning tegishli qarori qabul qilindi.  

 

    Boshqa yangiliklar