Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.B.” “N.X.”, “T.X.” va “N.T.” MChJlar tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida tumandagi “Paxtazor” va “Samarqand” MFYlarda yashovchi 64 nafar fuqaroning jami 80,1 sotix er maydonidagi issiqxonalarni to`liq qurib berilmasdan 713,8 mln so`m imtiyozli kredit mablag`lari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi, shuningdek “B.B.” MChJ faoliyati davomida 575,4 mln so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganligi hamda juda ko`p miqdorda savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 184-moddasi (soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlash) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.