AsosiyJamiyat

Angrenda kuch sinashaman deb maktabdoshining bosh miya suyaklarini sindirgan o`quvchi 5 yilga qamalishi mumkin

'Angrenda kuch sinashaman deb maktabdoshining bosh miya suyaklarini sindirgan o`quvchi 5 yilga qamalishi mumkin'ning rasmi

9 mart kuni soat 11:00 larda voyaga etmagan 10-sinf o`quvchisi 16 yoshli Akmal N., Angren shahrida joylashgan o`rta ta`lim maktab hududida 11-sinf o`quvchisi 17 yoshli Oybek A., bilan janjallashib, bir-biriga kim zo`rligini ko`rsatib qo`ymoqchi bo`lib, Akmal N., Oybek A.,ning jag` qismiga mushti bilan urgani oqibatida erga yiqilib, bosh miya yopiq sinishi, ensa suyak sinishi kabi jarohatlar olgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan voyaga etmagan Akmal N.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar