AsosiyJamiyat

Farg`onalik fuqaro chora ko`rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga pora taklif qildi

'Farg`onalik fuqaro chora ko`rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga pora taklif qildi'ning rasmi

5 mart kuni fuqaro R.M. Uchko`prik tumani IIB profilaktika inspektori A.X.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Fuqaro R.M.ga Uchko`prik tumani IIB profilaktika inspektori tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, IJQKD Uchko`prik tumani bo`limi hamda Farg`ona viloyati IIB JQB KvaIJQKB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro R.M. Uchko`prik tumani IIB profilaktika inspektori A.X.ga Navro`zshoh ko`chasida 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchko`prik tumani prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar