2021 yil 15 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80743 (+65) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 4 nafari Toshkent viloyatida,
- 53 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Farg`ona viloyatida 3 nafar,
- Toshkent viloyatida 13 nafar,
- Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 79371 (+40) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 750 nafar bemordan 141 nafari og`ir, 23 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.