AsosiyDunyo

Qozog`iston yana kuchaytirilgan karantinga qaytmoqda

'Qozog`iston yana kuchaytirilgan karantinga qaytmoqda'ning rasmi

Koronavirusning yangi to`lqini yon qo`shnimiz — Qozog`istonda ham jiddiy xavotir uyg`otgan ko`rinadi. Bu erda vaziyat bizdagidan ham yomonroq. Manbalarga ko`ra, mamlakatda o`tgan bir kecha-kunduzda 954 kishida “SOVID-19” aniqlangan. 

Shu bois, Qozog`iston poytaxtida 18 martdan yana karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Barcha turdagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish taqiqlandi, deb yozmoqda Platforma.

Bouling markazlari, kompyuter klublari, kinoteatrlar, kinorumlar, bilyardxonalar, karaoke, batutlar, tungi klublar, bukmekerlik idoralari va o`yin klublari, yopiq inshootlardagi o`yin maydonlari va attraksionlar, muz va rolik yaxmalaklariga borish uchun ham cheklovlar o`rnatilyapti.

21 mart kuni esa Nur-Sulton shahrida aholining ko`chaga sababsiz chiqishi taqiqlanadi.  

    Boshqa yangiliklar