AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda imtiyozli uy-joy uchun fuqarolardan 500 dollardan pul olayotgan "hokimlik xodimi" qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda imtiyozli uy-joy uchun fuqarolardan 500 dollardan pul olayotgan "hokimlik xodimi" qo`lga tushdi'ning rasmi

 2021 yilning 4 fevral kuni 26 yoshli Rustam M., Qarshi shahar hokimligi binosi ichida fuqarolar 46 yoshli Dilafruz B., va 37 yoshli Dilafruz A.,larga o`zini hokimlikning murojaatlar bo`limi xodimi deb tanishtirib, ularga kelgusida boshlang`ich to`lovi to`lanmaydigan kam ta`minlangan fuqarolarga imtiyoz asosida beriladigan uy-joylar olishlarida yordam berishini va`da qilib, ularning har biridan 500 AQSh dollardan jami 1000 AQSh dollar pul mablag`larini ro`yxatga olinganliklari uchun davlat boji to`lovi sifatida deya aldov yo`li bilan olib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Rustam M., hech qaerda ishlamaganligi sabab, shahar hokimligida jamoat ishlarida yordam berishi maqsadida jalb qilinib, ish o`rgatilayotganligi, murojaatlar bo`limiga kelgan fuqarolarning eng nozik muammolarini bilib olib oson pul topish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi  aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Rustam M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va u prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

Hurmatli fuqarolar bu kabi masalalar yuzasidan hokimiyat organlariga qonuniy yo`llar bilan murojaat qilishingiz mumkinligini, oson yo`llar bilan hal qilaman deb firibgarlar qo`liga tushib qolmaslik o`z qo`lingizda ekanligini unutmang!

 

    Boshqa yangiliklar