Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lumot berildi.
«Jinoyat kodeksining 244 prim 5-moddasiga ko`ra, karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish —
BHMning 200 baravarigacha (49 mln so`m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mazkur ma`lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko`paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog`i orqali tarqatish — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (49 mln so`mdan 98 mln so`mchaga) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».






