Toshkent shahrida 2021 yil davomida koronavirusdan kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan oshgani, ayniqsa, co`nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli o`sgani munosabati bilan Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabining yig`ilishi bo`lib o`tdi.
SSV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, unda poytaxtimizda kasallik tarqalishining oldini olishni ko`zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko`rilishi belgilandi.
Xususan, Toshkent shahridagi barcha qurilish obe`ktlarida, o`sha erning o`zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat`iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi.
Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo`lovchilar sog`ligini himoya qilishni ta`minlash maqsadida yo`nalishsiz taksilar uch tildagi (o`zbek, rus, ingliz tillaridagi) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta`minlash amaliyoti joriy qilinadi.
Bunda yo`nalishsiz taksilarning quyidagi:
- haydovchining niqobda bo`lishi;
- kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
- avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
- avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan o`tganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi:






