AsosiyJamiyat

1 apreldan boshlab Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to`xtatish bo`yicha taklif berildi

'1 apreldan boshlab Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to`xtatish bo`yicha taklif berildi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent  shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o`tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo`yicha nazorat kuchaytiriladi.  Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.

Uning ta`kidlashicha, bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabining yig`ilishida ma`lum qilingan.  

Shtab yig`ilishida poytaxtimizda to`y, maraka va marosimlarni o`tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etilishi bo`yicha nazoratni qat`iylashtirish belgilandi.

Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:

  • sport musobaqalarini tomoshabinsiz o`tkazish bo`yicha tegishli choralar ko`rilishi;
  • pidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to`xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.

 

    Boshqa yangiliklar