AsosiyJamiyat

Bog`cha bolalari koronavirusni qaerdan yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi

'Bog`cha bolalari koronavirusni qaerdan yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 Bog`chalarda bolalar koronavirusni qaerdan yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga va shifokorga koronavirus infeksiyasi MTT tarbiyachilaridan yuqqan. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 36-sessiyasida so`z ochildi.  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`ining Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o`ttiz oltinchi sessiya ishtirokchilariga qilgan ma`ruzasidagi ma`lumotlarga ko`ra, uchta tumanda karantin qoidalariga mas`uliyatsizlik bilan qarash kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 mart kuni Yunusobod tumanida joylashgan bolalar (yoki ta`lim) muassasasi tarbiyachisi R.M.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Epidemiologik surishtiruv natijasida tarbiyachi xonadonida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor bo`lishiga qaramay, u karantinga rioya etmasdan ish joyiga borib ishlagan va natijada 11 mart kuni epidemiologik ko`rsatmaga asosan muassasaning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaridan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganida, 13 mart kuni 2 nafar tarbiyachida, shifokorda va  1 nafar tarbiyalanuvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda bu ish Toshkent shahar Prokuraturasining nazoratiga olingan.

Shuningdek, joriy yilning 5 mart kuni Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan ta`lim muassasasi tarbiyachisi M.M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashhisi bilan etkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni  janoza paytida mazkur ta`lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog`lig`ini xavfga qo`ygan.

Oliy ta`lim muassasalaridagi vaziyat esa biroz boshqacharoq. Olmazor tumanida joylashgan oliy ta`lim muassasasiga qarashli yotoqxonada ham 3 nafar talabada bir necha kundan buyon tana haroratining ko`tarilishi, tomoq og`rig`i va holsizlik belgilari bo`lganligi sababli, talabalardan 11 mart kuni koronavirus infeksiyasiga test tahlil surtma namunalari olingan. Joriy yilning 13 mart kuni oliy ta`lim muassasasining tegishli fakultetida kasallik alomati mavjud bo`lmagan 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan.

Shularni inobatga olgan holda, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining sessiyasida mutassadi tashkilotlar rahbarlariga qator ko`rsatmalar berilib, Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabining qarori qabul qilingan.  

Unga ko`ra:

•    koronavirus infeksiyasih aniqlangan oilalarda karantin talablariga rioya etmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko`riladi;

•    aholi orasida COVID-19 keng tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan ommaviy-madaniy tadbirlar o`tkazilishida karantin talablariga qat`iy rioya etilishi nazoratga olinadi;

•    sport musobaqalarini tomoshabinlarsiz o`tkazilishi choralari ko`riladi;

•    epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to`xtatib turish yuzasidan Respublika Maxsus komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar