O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligiga COVAX dasturi doirasida AstraZeneca vaksinasining birinchi qismi 16 martdan 17 marga o`tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportida qabul qilib olinadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.
Ushbu vaksina O`zbekistonga GAVI (Vaksinalar va immunizasiya bo`yicha global alyans) tashkiloti tomonidan olib kelinmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2021 yil 5 mart kuni GAVI tashkiloti tomonidan etkazilgan shpris va xavfsiz utilizasiya qutilari taqsimot asosida joylarga tarqatilgan edi.
Voqealar jarayoni haqida keyingi xabarlarimizda batafsil axborot beramiz.