Biroz avval Toshkent viloyati hokimligida bo`lib o`tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatiga munosib rahbar topa olmayotganini aytgani va yaqin daqiqalarda Toshkent viloyatining yangi hokimi tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Yig`ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Davron Hidoyatovga Prezident:
“Qaniydi, bunaqa rahbarlardan viloyatlarda 4-5 nafar bo`lganda, ishimiz ancha yaxshi bo`lib ketgan bo`lardi”, - deya ishonch bildirdi.
Shundan so`ng deputat, nuroniylar va yoshlarning viloyat hokimi haqidagi fikrlari tinglandi va bir ovozdan Davron Hidoyatov Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tayinlandi.






