AsosiySiyosat

Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishdi

'Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishdi'ning rasmi

XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi hay`atining tegishli qarori qabul qilindi — saylovga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. 

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko`rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish bo`yicha ishchi guruh tuzildi.

XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug`bek Inoyatov kecha Samarqand viloyatida, o`tgan haftada Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida shu masala bo`yicha dastlabki muloqotlarni o`tkazdi.

«Partiya dasturi kabinetda o`tirib yozilishi kerak emas. U odamlar, partiya a`zolarining takliflari asosida shakllantirilganda hayotiy bo`ladi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi», — deyiladi partiya axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar