25-26 mart kunlari Qirg`iz Respublikasi Bosh vaziri Uluqbek Maripovning O`zbekistonga tashrifi amalga oshiriladi .
Tashrif doirasida Uluqbek Maripov O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iz Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiyasining yig`ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, oliy martabali mehmon Toshkentdagi “Texnopark” majmuasi, IT-Park, Crafers va Ardent Foods fabrikalariga, Golden Moon hamda Orient Ceramic zavodlariga, Qirg`iz Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.






