Amaliy tashrif bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobodda bo`lgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Turkmaniston poytaxtida qurilishi kutilayotgan “Toshkent” nomli istirohat bog`ining dastlabki loyihasi bilan tanishdi.
Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, Jahongir Ortiqxo`jaev va Ashxobod shahri hokimi Yaztagan Gilidjov bilan bo`lib o`tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etilgan.
Xususan, ikki poytaxt rahbarlari Ashxobod shahrida qurilishi rejalashtirilgan "Toshkent" bog`ining dastlabki loyihasini ko`rib chiqib, uni takomillashtirish bo`yicha fikr almashdilar.
Yaztagan Gilidjovning ma`lum qilishicha, "Toshkent" bog`ini Ashxobodning tarixiy markazida, Maxtumquli ko`chasidagi 3 gektar hududda barpo etish mo`ljallangan.