AsosiySiyosat

O`zbekiston Qirg`izistonga 1000 gektar er maydonini berishi mumkin

'O`zbekiston Qirg`izistonga 1000 gektar er maydonini berishi mumkin'ning rasmi

Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi raisi Qamchibek Tashiev 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Qirg`iziston va O`zbekiston hukumat delegasiyalarining uchrashuvlari natijalarini taqdim etdi. Bu haqda "kg.akipress" xabar berdi. 

Kelishuv shartlariga ko`ra, Kampirobod suv omborining to`g`oni O`zbekiston ixtiyoriga o`tadi. Suv omborining resurslaridan esa birgalikda foydalaniladi.  

Tashievning ta`kidlashicha, tomonlar loyiha chizig`ining Kampir-Obod (Andijon) suv ombori hududida 900 gorizontal ostidan 312-raqamli chegara nuqtasidan 312/3-raqamli chegara nuqtasigacha o`tishi to`g`risida kelishib olishgan. Quyidagi shartlar bajarilsa to`g`on O`zbekiston hududida qoladi:

  • Kampir-Obod suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to`g`risida hukumatlararo kelishuvni imzolash. Bunda, uni 900 gorizontaldan yuqoriga to`ldirmaslik kerak bo`ladi, favqulodda vaziyat bundan istisno;
  • O`zbekiston tomoni Qirg`iziston fuqarolarini suvdan erkin va to`siqlarsiz foydalanishini ta`minlashi kerak bo`ladi. Bunga baliqchilik, sug`orish, hayvonlarga suv berish va boshqalar kiradi;
  • O`zbekiston tomoni suv ombori «piyolasi»ning atrofida muhandislik-texnik qurilmalarni o`rnatmaslik majburiyatini oladi.

Qamchibek Tashievning ma`lum qilishicha, demarkasiya jarayonida O`zbekiston Andijon viloyatining O`sh viloyati Uzgen tumani va Jalol-Obod viloyatining So`zak tumanlari bilan chegaradosh hududdagi 304 va 312-raqamli chegara nuqtalari oralig`idagi 1000 ga erni tovon sifatida Qirg`izistonga topshiradi.

Shu munosabat bilan, tomonlar O`zbekiston va Qirg`iziston suv xo`jaligi tashkilotlariga Kampir-Obod suv omborining suv resurslaridan birgalikda foydalanish va boshqarish bo`yicha hukumatlararo kelishuv loyihasini ishlab chiqish topshirig`ini berishdi.

Shuningdek, tomonlar Shaxrixonsoy kanalining hududlarini (chap tomoni), 312 va 312/3 chegara nuqtalari hududidagi Andijon suv ombori to`g`onini, kanaldan to`g`on o`rtasigacha, O`zbekistonga 50 ga erni qoldirib, xatlovdan o`tkazishga kelishib olishgan.

O`zbekiston tomoni demarkasiya jarayoni davomida Andijon viloyati va O`sh viloyati Uzgen tumani bilan chegaradosh hududda 304 va 312-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 50 ga erni Qirg`izistonga tovon sifatida topshiradi.

O`rta-To`qay (Kosonsoy) suv ombori qurilishi uchun ajratilgan erlarning tovoni sifatida Ko`k-Serek (Qoraqo`rg`on) hududi xatlovdan o`tkaziladi, bunda 23 va 24-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 105 ga er Qirg`iziston hududida qoladi.

Ikki mamlakat quyidagi hududlarni ham xatlovdan o`tkazishga kelishib olishdi:

  • Bayastan hududi, 81 va 82-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 212 ga er Qirg`iziston hududida qoladi;
  • Savay hududi, 312/4 va 312/6-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 100 ga er Qirg`iziston hududida qoladi;
  • Unkar-Too hududi, 113 va 114-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 35 ga er Qirg`iziston hududida qoladi;
  • demarkasiya vaqtida Beles hududi qayta xatlovdan o`tkaziladi, 25 va 27-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 25 ga er Qirg`iziston hududida qoladi;
  • qo`shma dala tadqiqotlaridan so`ng Gavasoy hududi xatlovdan o`tkaziladi, bunda Kampir-Obod kanalining qurilmagan chap sohili evaziga Qirg`izistonga 8000ga er qoldiriladi.

Bundan tashqari, tomonlar Chashma bulog`ikdan birgalikda foydalanish bo`yicha hukumatlararo kelishuv loyihasini tayyorlashadi. Tomonlar ishchi guruhlarga qo`shma dala tadqiqotlarini o`tkazshini va yuqorida keltirilgan hududlarni xatlovdan o`tkazish bo`yicha taklif tayyorlash uchun topshiriq berishdi.

    Boshqa yangiliklar