AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi

'Bugun O`zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 29 mart, kunduz kuni O`zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar