AsosiyJamiyat

Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi jahon ta`lim sammitida ishtirok etdi

'Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi jahon ta`lim sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

Misr Arab Respublikasida 25 mart kuni “The Digital Path: New Directions in Education” 17-Jahon Ta`lim Sammiti o`z ishini boshlagan edi.

Sammitda xalq ta`limi sohasida yangi tashabbuslarni va chet el tajribasini o`rganish maqsadida Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi bosh direktori Abduvali Haydarov delegasiya a`zosi sifatida ishtirok etdi.

Jahon Ta`lim Sammiti har yili dunyoning turli davlatlarida ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`tkaziladigan nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Sammit doirasida xalqaro, jumladan Pearson, Egyptian Knowledge Bank, Educational Research Centre, International Arab Baccalaureate, Egyptian Scholastic Test, Discovery Education, Promethean, Innovera, GL Education and Teacher Created Materiales kabi tashkilotlarining ekspertlari o`z tajribalari bilan o`rtoqlashdi.

Tadbirning so`nggi kunida, o`zbek delegasiyasi vakillarining York Press tashkiloti rahbari va mas`ullari bilan ikkinchi davra uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda tomonlar ta`limni boshqarish tizimini rivojlantirish, elektron darsliklar yaratish imkoniyatlari va baholash tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha o`zaro tajriba almashdilar. Xorijiy tomonning taklifiga ko`ra, Abduvali Haydarov maktab.uz va kitob.uz platformalari ishlashini virtual tarzda namoyish etdi.

Platformalar imkoniyatlari ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Uchrashuv yakunida York Press, Sayegh Companies va IAB kompaniyalarining Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar