Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
“S.” MChJ rahbari S.K. va boshqalar tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktabini kapital ta`mirlash ishlari bo`yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, amalda 384,2 mln so`mlik qurilish montaj ishlarini bajarmasdan byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






