Joriy yil 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri M.Shayxzoda MFY, Laxutiy ko`chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o`rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlanganlar. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Natijada, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RShTTYoIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni gazdan zaharlanish bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelish omillarini bartaraf etish tadbirlarida ogohlik va faollikka chaqiramiz.






