AsosiyJamiyat

Yo`lovchilarning taklifi bilan Toshkentdan Buxoroga qatnaydigan poezdning harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi

'Yo`lovchilarning taklifi bilan Toshkentdan Buxoroga qatnaydigan poezdning harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

2021 yil 5 aprelidan boshlab, "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo`nalishida harakatlanuvchi 10/9-sonli “Sharq” poezdining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, ushbu yo`nalishdagi poezdning harakat jadvaliga kiritilayotgan o`zgartirishlarda yo`lovchilarning taklif va murojaatlari inobatga olingan. 

Unga ko`ra, 5-avpreldan "Toshkent – Buxoro" yo`nalishida qatnovchi 10-sonli poezdi soat 09:00 da "Toshkent-Markaziy" temir yo`l vokzalidan, "Buxoro – Toshkent" yo`nalishida harakatlanuvchi 9-sonli poezdi 16:08 da "Buxoro" temir yo`l vokzalidan jo`naydi.

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar