AsosiyJamiyat

4-chorak darslari poytaxtdagi maktablarda gibrid shaklda davom ettirilib, ta`lim shaklini tanlash ota-onalarga havola etiladi

'4-chorak darslari poytaxtdagi maktablarda gibrid shaklda davom ettirilib, ta`lim shaklini tanlash ota-onalarga havola etiladi'ning rasmi

29 martdan barcha umumta`lim maktablarida 4-chorak darslari boshlanadi. Xabaringiz bor, bahorgi ta`tildan avval yurtimiz va shahrimizda aholi, jumladan, yoshlar o`rtasida koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichlari orta boshlaganligi sabab, virus qayd etilishi ko`proq kuzatilgan Mirzo Ulug`bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida ta`lim onlayn shaklga o`tkazilgan edi.  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining Toshkent shahar boshqarmasi  ma`lumotiga ko`ra, hozir ham har kuni 100dan ortiq fuqarolarda virus aniqlanmoqda. Ushbu epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 4-chorak darslari poytaxtimizdagi umumta`lim maktablarida gibrid shaklda davom ettirilib, ta`lim shaklini tanlash ota-onalarga havola etiladi.

Bugungi kunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan maktablarning sanitar holati va yangi chorakka tayyorgarlik ishlari karantin qoidalaringa to`liq rioya qilingan holda tashkil etilishini qat`iy nazoratga olindi. Maktablar ma`muriyatiga  sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etish bo`yicha aniq topshiriqlar berilgan va ularning ijrosi to`liq nazoratga olingan.

Epidemiologik holat og`irlashgan tumanlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuchaytirish choralarini ko`rish vakolati berilganini inobatga olib, Toshkent shahar hokimligi kasallik ko`paygan tuman maktablarini onlayn ta`lim shakliga o`tkazishi mumkin.  

Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun barchadan sanitariya-gigiena qoidalari va karantin talablariga to`liq rioya etishni so`raymiz.

Hozirgi sharoitda bolalarimizning o`qish jarayonini to`liq va sifatli tashkil etish ijro hokimiyati, maktab ma`muriyati, ota-onalar va o`quvchilar orasida o`zaro hurmat va hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar